Yangiliklar

.

Yangi oʻquv yili — zamonaviy maktabda

15-avgust 2026-yil
image

     Yoshlar — yurt kelajagi. Ularning sifatli taʼlim olishi esa taraqqiyotning eng muhim shartlaridan biridir.
      Bugun mamlakatimizda yosh avlodga munosib taʼlim va tarbiya berish, ular uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Chunki yaxshi taʼlim olgan farzand — oila, mahalla va yurtning ertangi tayanchidir.
Bu eʼtiborning amaliy ifodasini Chortoq tumanining Navbahor mahallasida ham koʻrish mumkin.
Mahalladagi 45-sonli umumtaʼlim maktabi 4 mlrd 662 mln soʻm mablagʻ hisobidan mukammal taʼmirlanib, zamonaviy taʼlim maskaniga aylantirildi.
Maktabda oʻquvchilarning bilim va har tomonlama kamol topishi uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Endilikda Navbahor mahallasi yoshlari yangi oʻquv yilini yangilangan, zamonaviy maktabda kutib oladilar.
Albatta, mazkur zamonaviy maktab Mustaqillikning 35 yilligi arafasida Navbahor mahallasi yoshlariga munosib tuhfadir.
 

nam_nvxtb@xtv.uz
@namvxtb
@namvxtb
/namvxtb