Yangiliklar
ÖQITUVÇILIKDAN YILIGA 100 MING DOLLAR DAROMADGAÇA
3-noyabr 2026-yil
Anora Mahkamova - Norin tumanidagi 13-umumta’lim maktabining boşlanğiç sinf öqituvçisi. 13 yillik pedagogik faoliyati davomida orttirgan bilim va tajribasini keng ommaga yetkaziş maqsadida olti yil avval onlayn ta’lim yönalişida ham faoliyat boşlagan.
Bugungi kunda u ijtimoiy tarmoqlar orqali pedagoglarni attestatsiya imtihonlariga tayyorlab kelmoqda. Uning onlayn ta’lim platformasi 217 ming nafar obunaçini birlaştirgan. Şuningdek, respublikadagi 40 nafar tajribali pedagogdan iborat jamoa şakllantirilgan. Jamoa a’zolarining mehnati munosib rağbatlantirilib, ularga oyiga 10 million sömdan 30 million sömgaça iş haqi tölanadi.
Loyiha doirasida taşkil etilgan onlayn maşğulotlar natijasida bugunga qadar 130 ming nafar pedagog attestatsiya imtihonlaridan muvaffaqiyatli ötgan, 40 ming nafari esa milliy sertifikatlarni qölga kiritgan.
Oliy toifali öqituvçi, milliy sertifikat sohibasi va 70 foizlik ustama egasi bölgan Anora Mahkamova faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqib, «Boşlanğiç ta’lim milliy sertifikati» nomli kitobini naşr ettirdi. Mazkur qöllanma boşlanğiç ta’lim pedagoglarining kasbiy bilim va könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan.
E’tiborlisi, pedagog öz bilim va tajribasini zamonaviy ta’lim xizmatiga aylantiriş orqali yiliga 100 ming AQŞ dollari miqdorida daromad topmoqda.