Yangiliklar
ASOSIY FAN OLIMPIADASIGA START BERILDI
15-oktabr 2026-yil
Namanganda Asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichiga start berilib, unda viloyatning 14 ta tuman va shahridan 35248 nafar 9 – 11 – sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.
Olimpiada 8 ta tumanda onlayn, 6 tasida esa oflayn tarzda tashkil etildi. Belgilangan reja-grafik asosida bugun o‘quvchilar geografiya fanidan o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etmoqda. 27 – oktabr kunuga qadar davom etadigan sinovlarda ishtirokchilar turli fanlar bo‘yicha bellashadilar.
Namahgan shahrida tashkil etilgan jarayonlarda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchisi Xayrullo Abdurahmonov ishtirok etdi va yaratilgan shart – sharoitlarni o‘rganib, mas’ullarga bilimlar sinovi adolatli hamda shaffof o‘tishi lozimligi yuzasidan topshiriqlar berdi.
Mazkur bosqichda shahardan jami 2694 nafar o‘quvchi ishtirok etish uchun ariza topshirgan.