Yangiliklar
Namanganda pedagoglarning kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlari boshlandi
14-oktabr 2026-yil
Viloyatdagi 719 ta tayanch maktabda pedagog xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, metodik kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ta’lim sifatini yuksaltirishga qaratilgan Kasbiy rivojlanish kunlari (KRK) va Kasbiy rivojlanish soatlari (KRS) doirasidagi o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi.
Mazkur mashg‘ulotlar pedagoglarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam takomillashtirish, zamonaviy ta’lim metodikalarini o‘zlashtirish hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jarayonlarga 285 nafar mentor jalb etilgan bo‘lib, ular 35156 nafar pedagoglarga fan va metodika yo‘nalishlarida amaliy ko‘mak ko‘rsatmoqda. Mashg‘ulotlar davomida samarali pedagogik yondashuvlarni o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish va ularni ta’lim amaliyotiga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlari hafta kunlari va fan yo‘nalishlari kesimida tizimli ravishda tashkil etiladi. Xususan, dushanba kuni — ijtimoiy fanlar, seshanba kuni — filologiya, chorshanba kuni — tabiiy fanlar, payshanba kuni — aniq fanlar, juma kuni — xorijiy tillar, shanba kuni esa boshlang‘ich ta’lim va amaliy fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Ushbu tizim pedagoglarning individual kasbiy ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash, metodik hamkorlikni kuchaytirish va ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qiladi.