Yangiliklar
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
26-avgust 2026-yil
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Namangan viloyatidagi umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik hamda ta’lim tizimida yil davomida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isakov, uning o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, viloyat va respublika ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida tizimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ma’lumot berildi. Xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi autsorsing tizimi, ilm maskanlariga integratsiya qilingan Yaponiya tajribasi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi, ta’lim muassasalarining moddiy – texnik bazasi, darsliklar kabi masalalarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ilm maskanlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar haqida axborot berildi.
Muloqot davomida jurnalist hamda blogerlar tomonidan tizimdagi dolzarb masalalar yuzasidan savollar berilib, mutaxassislar tomonidan ularga aniq va batafsil javoblar taqdim etildi.