Yangiliklar
“Smart Tongues Education” loyihasi Namangandagi 26 ta maktabda joriy etiladi
19-avgust 2026-yil
Unda Yashnobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Gulchehra Yakubova hamda 166-umumta’lim maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Feruza Qo‘chqorova ishtirok etib, tizimning mazmun-mohiyati, o‘ziga xos jihatlari va erishilgan natijalar haqida taqdimot qildilar.
Mazkur amaliyot 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab viloyatdagi 26 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida joriy etiladi. Unga ko‘ra, 10–11-sinf o‘quvchilari xorijiy tilni bilish darajasiga ko‘ra guruhlarga ajratilib, fakultativ mashg‘ulotlar doirasida mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar tomonidan qo‘shimcha darslar tashkil etiladi.
Loyiha doirasida o‘quvchilarning til bilish darajasini aniqlash maqsadida MOCK imtihonlari o‘tkazilib, natijalar asosida o‘quvchilar tegishli guruhlarga ajratildi. Endilikda ular uchun xorijiy mutaxassislar ishtirokida bepul mashg‘ulotlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sohibjon Ergashev loyihani samarali tashkil etish, belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish hamda yoshlarning xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishiga zarur sharoit yaratish muhimligini ta’kidladi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati