Янгиликлар
Yoshlar mutolaasi va tafakkurini yuksaltirish yo‘lida: “Millat Shavkati” kitobi ta’lim muassasalarida
3 октябрь 2026 йил
Keyingi yillarda mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yosh avlodni mutolaaga keng jalb etish hamda ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan “Millat Shavkati” kitobi Namangan viloyatidagi 754 ta ta’lim muassasasiga yetkazildi.
12 ta ilmiy-ommabop maqoladan iborat mazkur to‘plamda O‘zbekistonning yaqin va uzoq tarixi, mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichi, Markaziy Osiyoda shakllanayotgan hamkorlik muhiti, shuningdek, mintaqada kechayotgan geosiyosiy jarayonlar tahliliy yondashuv asosida yoritilgan.
Asarning mohiyati o‘quvchilarda tarixiy tafakkur va dunyoqarashni kengaytirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmunini chuqurroq anglash hamda mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga oid bilimlarni boyitishga xizmat qiladi.