Янгиликлар

.

NAMANGANDA BESHINCHI “USTOZLAR MILLIY FORUMI” BO‘LIB O‘TDI

21 август 2026 йил
image

Ma’rifat maskanida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida tashkil etilgan forum viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi jarayoni bilan tashkil etilgan ko‘rgazma bilan boshlandi.

Viloyatning 14 ta hududidan jami 300 nafar pedagoglar hamda tizim xodimlari ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi  Shavkatjon Abdurazzoqov so‘zga chiqib, yurt ravnaqi, mamlakat istiqboli va taraqqiyot odimlari ta’lim sohasi bilan, kelajagimiz egalarining har jihatdan ilmu salohiyatli, zamonaviy bilimlarni chuqur va mukammal egallagan o‘g‘il-qizlar bo‘lib kamol topishiga bog‘liq ekanini ta’kidladi. Soha ravnaqi muhtaram Prezidentimizning doimiy e’tiborida ekaniga to‘xtaldi.

Shu yilning o‘zida viloyatagi 37 ta ta’lim muassasalari investisiya dasturiga kiritilib, shundan 1 ta yangi ixtisoslashgan maktab qurish, 22 ta maktab rekonstruksiya va 4 ta mukammal ta’mirlash, 10 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish uchun jami 351 mlrd. so'm mablag‘ ajratilgan.

Yana bir tarixiy voqea – joriy yilning aprel oyida Namangan shahrida Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda 12 ta davlatdan 94 nafar xorijlik o‘quvchilar ishtirok etdi. Terma jamoamiz ushbu musobaqada 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilda maktabni tamomlagan bitiruvchilarning 4283 nafari xorijiy va yurtimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga muddatidan avval o‘qishga qabul qilindilar.

O‘tgan o‘quv yilida viloyatimiz o‘quvchilari mahalliy va xalqaro olimpiadalarda jami 19 ta medalga ega chiqdi. Ularning 17 tasi xalqaro maydonda qo‘lga kiritildi.

2026 - yil fevral oyidan boshlab viloyatidagi 35 ta (17 ta maktab va 18 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti) ta’lim muassasalarida Yaponiya tajribasi asosida tarbiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar boshlandi.

Bugungi kunda o‘qituvchilarimizning maoshlari sezilarli oshirilib, 8 million so‘mdan yuqori maosh oluvchilar soni 1219 nafarni, 10 million so‘mdan yuqori maosh oluvchilar esa 511 nafarni tashkil etmoqda.

Oliy toifali pedagoglar soni 2017 - yilda 834 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda ular 6222 nafarga yetdi va 7,7 barobarga ko‘paydi.

Jarayonda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isakovning  ma’ruzasi tinglanib, ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor xususida, pedagog kasbining jamiyat, kelajak avlod oldidagi mas’uliyati haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan, viloyatda ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan ilm muassasalari o‘qituvchilari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

nam_nvxtb@xtv.uz
@namvxtb
@namvxtb
/namvxtb