Янгиликлар

.

Namanganda V “Ustozlar milliy forumi” doirasidagi sho‘ba mashg‘ulotlari boshlandi

18 август 2026 йил
image

Unda forumning respublika bosqichida ishtirok etib, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirgan 22 nafar mentor 14 ta yo‘nalish bo‘yicha shahar va tumanlardan jalb etilgan 300 nafardan ziyod pedagogga metodik tavsiya va amaliy ko‘nikmalarini taqdim etmoqda.

Sho‘ba mashg‘ulotlari davomida ta’lim jarayonining mazmunini takomillashtirish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, yangilangan darsliklar mazmuni, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion metodlarni qo‘llash, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Jarayonlarda pedagoglar o‘zaro tajriba almashib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar, zamonaviy dars tashkil etish usullari va mavjud muammolarning amaliy yechimlari yuzasidan fikr almashmoqda.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

nam_nvxtb@xtv.uz
@namvxtb
@namvxtb
/namvxtb