Янгиликлар
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: kutubxonachilar uchun o‘quv-amaliy seminar
10 сентябрь 2026 йил
Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan Namangan shahri, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlarida faoliyat yuritayotgan maktab kutubxonachilari ishtirokida 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda kutubxonachilarning faoliyati tahlil qilinib, erishilgan natijalar va mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, kitob fondini tartibga keltirish, o‘quvchilarga sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish va yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Kutubxona direktori Z. Turaxodjayeva tomonidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Mazkur o‘quv-amaliy seminarlar viloyatdagi barcha tuman va shaharlarda bosqichma-bosqich o‘tkazilib, kutubxonachilarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda maktab kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Boshqarma Axborot xizmati