Янгиликлар
Chortoqda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: 4436 nafar bola 1-sinf o‘quvchisi bo‘ladi
18 август 2026 йил
2026–2027-o‘quv yilida Chortoq tumanidagi 60 ta umumiy o‘rta ta’lim hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida 4436 nafar maktab yoshidagi bolani 1-sinfga qabul qilish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda tumandagi barcha ta’lim maskanlarida yangi o‘quv yilini, xususan, “Bilimlar kuni”ni munosib kutib olish uchun tayyorgarlik ishlari jadal davom ettirilmoqda.
Jumladan, 53- umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan ishlar nuroniylar, nafaqadagi ustozlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida 1-sinfga qabul qilinadigan o‘quvchilar uchun davlatimiz rahbari tomonidan yuborilgan “Prezident sovg‘alari” ko‘zdan kechirildi. Yosh avlodga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik, ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar ishtirokchilarda mamnunlik hamda shukronalik hissini uyg‘otdi.
Shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xususan, ta’lim tizimida yosh avlodning sifatli bilim olishi va har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida fikr almashildi.